Foydalanish Shartlari

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 22-may

Ushbu Foydalanish Shartlari ("Shartlar") "OQIM GROUP" Mas'uliyati Cheklangan Jamiyati (MCJ), INN: 312944962 ("OQIM", "biz", "bizning") tomonidan taqdim etiladigan OQIM raqamli platformasidan foydalanishni tartibga soladi. Platformadan foydalanish orqali yoki ro'yxatdan o'tish orqali siz ushbu Shartlarni o'qib chiqqaningizni, tushunganingizni va ularga to'liq rioya qilishga roziligingizni tasdiqlaysiz. Agar siz ushbu Shartlarning istalgan qismiga rozi bo'lmasangiz, platformadan foydalanmang.

Ushbu Shartlarning rasmiy versiyasi o'zbek tilida. Boshqa tildagi tarjimalar qulaylik uchun taqdim etiladi va ziddiyat yuzaga kelsa, o'zbek tilidagi versiya ustun hisoblanadi.

1. Ta'riflar

Ushbu Shartlarda quyidagi atamalar ishlatiladi:

• Platforma — oqim.app veb-sayti, mobil ilovasi va barcha bog'liq xizmatlar majmuasi. • Foydalanuvchi — platforma orqali ro'yxatdan o'tgan yoki foydalangan har qanday jismoniy shaxs yoki tashkilot. • Kreator — Instagram Reels orqali kontent yaratiydigan va platformada kreator sifatida ro'yxatdan o'tgan jismoniy shaxs. • Brend — reklama kampaniyasi uchun byudjet ajratadigan va platformada tashkilot yoki yakka tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tgan tomon. • Kampaniya — brend tomonidan yaratilgan va kreatorlar ishtirokida amalga oshiriladigan CPM asosidagi reklamaviy loyiha. • Kontent — kreator tomonidan kampaniya uchun Instagram Reels formatida tayyorlanadigan video material. • CPM — har 1 000 ta organik ko'rish uchun to'lanadigan summa (UZS da). • Ishtirok — kreatorning ma'lum bir kampaniyaga qo'shilishi va unda faol qatnashishi. • To'lov (Payout) — kreatorga kampaniya natijalariga ko'ra hisoblab chiqilgan va o'tkaziladigan pul mablag'i. • Brief — brend tomonidan tayyorlangan va kreator bajarishi shart bo'lgan kontent talablari hujjati.

2. OQIM platformasi haqida

OQIM — O'zbekistondagi UGC (User-Generated Content) marketplace bo'lib, Instagram Reels kreatorlarni brendlar bilan CPM modeli asosida bog'laydigan raqamli vositachilik platformasidir. OQIM kreator va brend o'rtasidagi bevosita shartnoma munosabatlarining tomoni hisoblanmaydi. OQIM platforma tartibini ta'minlaydi, ko'rishlarni kuzatadi, to'lovlarni amalga oshiradi va nizolarni hal etishda ko'maklashadi, lekin kampaniya natijalari uchun kafolat bermaydi.

3. Platformadan foydalanish huquqi va ro'yxatdan o'tish

Platformadan foydalanish uchun siz quyidagi shartlarni bajarishingiz shart:

• Kamida 18 yoshda bo'lish; • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko'ra shartnoma tuzish huquqiga ega bo'lish; • To'g'ri, to'liq va hozirgi holatingizga mos ma'lumotlar bilan ro'yxatdan o'tish; • Akkount maxfiyligini ta'minlash va parolni boshqa shaxslarga bermaslik.

Akkountingizdan amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun siz to'liq javobgarsiz. Hisobingiz buzilganligini sezdirsa, darhol hello@oqim.app ga xabar bering.

4. Kreatorlar uchun shartlar

4.1 Ro'yxatdan o'tish talablari: • Kamida 1 000 Instagram obunachisi; • Asosiy auditoriyaning O'zbekistonda joylashganligi; • Original va shaxsiy Instagram akkaunti (biznes yoki kreator akkaunt).

4.2 Kreator majburiyatlari: • Kampaniya briefini to'liq va aniq bajarish; • Instagram Community Guidelines hamda O'zbekiston Respublikasi reklama qonunchiligi talablariga rioya qilish; • Reklama xarakteridagi kontentda ochiq qoidalar (masalan, #reklama yoki #ad) bo'yicha to'g'ri belgilash qo'yish; • OQIM tomonidan tasdiqlangan kontentni belgilangan muddatda Instagram'da joylashtirish; • Reel URL manzilini platformaga o'z vaqtida yuklash; • Kampaniya davomida kontentni o'chirmaslik.

4.3 Taqiqlangan xatti-harakatlar: • Ko'rishlarni sun'iy oshirish, soxta engagement (like, sharh, ko'rish) sotib olish; • Obunachi sotib olish yoki soxta akkauntlar yaratish; • Kampaniya shartlari va to'lov miqdorlarini uchinchi shaxslarga oshkor etish. Kreator OQIM platformasi orqali ishtirok etgan brendlarni o'z portfoliosida ommaviy ravishda ko'rsatish huquqiga ega; biroq kampaniyaning maxfiy tafsilotlari (brief, ichki fikrlar, e'lon qilinmagan mahsulot ma'lumotlari, to'lov stavkalari) oshkor etilmasligi shart.

5. Brendlar uchun shartlar

5.1 Brendlar quyidagilarga rioya etishi shart: • Qonuniy faoliyat yurituvchi tashkilot, yakka tadbirkor yoki jismoniy shaxs bo'lish; • Haqiqiy mahsulot yoki xizmatni reklama qilish; • OQIM'ga to'g'ri va to'liq kompaniya va kampaniya ma'lumotlarini taqdim etish.

5.2 Kampaniya talablari: • Kampaniya byudjeti kampaniya faollashtirilishidan oldin avans sifatida to'liq to'lanishi shart; • Brief aniq, qonuniy, amalga oshirish mumkin bo'lishi va kreatorlarni kamsitmasligi kerak; • Brend taqdim etilgan kontentni oqilona muddatda ko'rib chiqishi va qaror qabul qilishi shart. Ortiqcha kechikishlar kampaniya samaradorligiga ta'sir qilishi mumkin.

5.3 Brendlarga taqiqlangan harakatlar: • Kreatorlarga platformadan tashqarida to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish yoki alohida shartnoma tuzish; • Dastlab tasdiqlangan brief doirasidan tashqari muhim yangi talablar qo'yish — bunday talablar qo'shimcha to'lov taklif qilingan yoki brief platforma orqali rasman o'zgartirilgan taqdirdagina qo'yilishi mumkin; • Tasdiqlangan kontentni kreator roziligisiz qayta ishlatish yoki o'zgartirish.

6. Kontent mulki va intellektual mulk huquqlari

6.1 Kreator mulki

Kampaniya uchun yaratilgan barcha kontent (Instagram Reels, muallif musiqasi, asl tasvir va ovoz) kreatorning intellektual mulki hisoblanadi. Ushbu Shartlar kreatorning mualliflik huquqini o'zgartirmaydi.

6.2 Brendga beriladigan litsenziya

Kreator brendga kampaniya kontentidan foydalanish uchun cheklangan, ekskluziv bo'lmagan, uzatilib bo'lmaydigan litsenziya beradi. Litsenziya quyidagi shartlarda amal qiladi:

• Muddati: Kampaniya yakunlangan kundan boshlab 12 (o'n ikki) oy; • Foydalanish doirasi: Brendning o'z ijtimoiy tarmoq kanallarida (Instagram, Facebook, TikTok, YouTube, Telegram va boshqalar) repost qilish; pulli reklama kampaniyalarida (jumladan Meta Ads, Google Ads va shu kabi platformalarda) foydalanish; brendning marketing materiallarida, veb-saytida va ichki taqdimotlarda foydalanish; • Atribusiya: Brend kontentdan foydalanganda kreatorning Instagram foydalanuvchi nomini ko'rsatishi shart; • Cheklovlar: Brend kontentni sublitsenziya bera olmaydi yoki uchinchi shaxslarga sota olmaydi. Kontentni o'zgartirish (qisqartirish, qayta montaj qilish, ovoz qo'shish) faqat kreatorning yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

12 oylik muddat tugagandan so'ng brend kontentdan foydalanishni davom ettirish uchun kreator bilan alohida kelishuvga erishishi shart.

6.3 OQIM litsenziyasi

Kreator OQIM'ga quyidagi maqsadlarda foydalanish uchun royalti to'lashsiz, ekskluziv bo'lmagan, kreator tomonidan istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin bo'lgan litsenziya beradi: platforma marketing materiallari, keyslar va taqdimotlar; OQIM ijtimoiy tarmoqlari va PR materiallari; portfolio va reklama namunalari. OQIM ushbu kontentni uchinchi shaxslarga sota olmaydi yoki sublitsenziya bera olmaydi. Kreator istalgan vaqtda hello@oqim.app orqali kelajakdagi marketing maqsadlarda foydalanishdan voz kechishni so'rashi mumkin.

7. Kampaniya jarayoni va ko'rishlarni kuzatish

7.1 Ko'rishlarni tekshirish va to'lov hisob-kitobi

OQIM kampaniya samaradorligini aniqlash va statistikani tasdiqlash uchun avtomatlashtirilgan va qo'lda tekshirish usullaridan, jumladan uchinchi tomon vositalari va ma'muriy ko'rib chiqishdan foydalanishi mumkin. Natijalar platformada ko'rsatiladi.

Har bir kampaniya brend tomonidan to'langan byudjet asosida belgilangan maqsadli ko'rishlar soniga ega bo'ladi. Agar kampaniya bo'yicha ishtirok etayotgan barcha kreatorlarning umumiy ko'rishlari maqsadli ko'rishlar sonidan oshib ketsa, kampaniya byudjeti har bir kreatorning olib kelgan ko'rishlari ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Bu holatda har bir kreator uchun haqiqiy CPM stavkasi e'lon qilingan CPM dan past bo'lishi mumkin. Kampaniya byudjeti maqsadli ko'rishlardan oshiq miqdorda to'lovlarni qoplay olmaydi.

7.2 Tekshirish huquqi

Foydalanuvchilar OQIMga operatsion va tekshirish maqsadlari uchun kampaniya kontentini, ochiq profil ma'lumotlarini va ommaviy ravishda mavjud bo'lgan engagement ko'rsatkichlarini ko'rib chiqish huquqini beradilar.

7.3 Analitika

OQIM platforma funksionalligi, foydalanish qulayligi va ishlashini yaxshilash uchun analitik va xatti-harakat kuzatuv vositalaridan foydalanishi mumkin.

7.4 Kampaniyalarga ta'sir qilish huquqi

OQIM sifat, operatsion, huquqiy, obro'-e'tibor yoki platforma xavfsizligi sabablari bo'yicha kampaniyalarni rad etish, to'xtatib qo'yish, ko'rinishini yoki tarqatilishini cheklash yoki tugatish huquqiga ega. Bunday hollarda brend va kreator xabardor qilinadi.

7.5 Platforma operatsion siyosatlari

OQIM platforma yaxlitligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida kampaniya mexanizmlari, vakolat mezonlari, tekshirish tartiblari, to'lov tuzilmalari yoki operatsion siyosatlarni o'z ixtiyori bilan o'zgartirishi mumkin.

7.6 Kafolatlar yo'qligi

OQIM ma'lum kreatorlarning ishtiroki, kampaniya qabul qilinish darajasi yoki kreatorlar mavjudligini kafolatlamaydi.

7.7 Uchinchi tomon platformalari

OQIM Instagram, Meta yoki uchinchi tomonlar tomonidan amalga oshirilgan algoritm o'zgarishlari, platforma cheklovlari, API cheklovlari, hisob bo'yicha choralar, kontent o'chirishlar yoki boshqa harakatlar uchun javobgar emas.

7.8 Dalillar

OQIM tomonidan saqlangan ichki jurnallar, skrinshootlar, vaqt tamg'alari va tekshiruv yozuvlari tekshiruv va nizolarni hal etish jarayonida dalil sifatida qo'llanilishi mumkin.

8. Platforma xizmati haqi va to'lovlar

8.1 Platforma xizmati haqi

OQIM brend tomonidan to'langan kampaniya byudjetidan platforma xizmatlarini ko'rsatish uchun xizmat haqi (platform service fee) undiradi. Xizmat haqi miqdori har bir kampaniya uchun alohida belgilanishi mumkin va kampaniya yaratish jarayonida brendga e'lon qilinadi. Mazkur haq kampaniya faollashtirilishidan oldin kreator pool'idan ajratiladi.

8.2 Kreator to'lovlari

• To'lovlar har oy 25–30-kunlar oralig'idagi oylik partiyada amalga oshiriladi; • Har bir kampaniya tugaganidan keyin 7 kalendar kuni davomida ushlab turiladi (hold period); • 500 000 UZS minimal chegara qo'llaniladi — ushbu summadan past qoldiqlar keyingi oy to'loviga qo'shib hisoblanadi; • To'lovlar Uzcard, Humo yoki OQIM tomonidan tasdiqlangan boshqa mahalliy to'lov tizimlariga amalga oshiriladi; • Kreator platforma profilidagi karta ma'lumotlarining to'g'ri va dolzarb ekanligini ta'minlash uchun to'liq javobgardir.

8.3 To'lovlarni to'xtatib turish va muzlatish

OQIM shubhali firibgarlik, suiiste'mol, qoidabuzarlik yoki g'ayrioddiy faoliyat ko'rib chiqilayotgan vaqtda to'lovlarni vaqtincha ushlab turishi, pul yechib olishni to'xtatishi yoki hisoblarni muzlatishi mumkin. Tekshiruv yakunlangandan so'ng qoidabuzarlik tasdiqlanmasa to'lovlar tiklanadi.

8.4 Brend depozitlari va qaytarimlar

• Brend kampaniya byudjetini kampaniya faollashtirilishidan oldin to'liq avans sifatida to'lashi shart; • Kampaniya faollashtirilgandan so'ng byudjet umumiy holda qaytarilmaydi; • Ammo belgilangan ko'rish maqsadiga erishilmasa, foydalanilmagan kreator pooli qoldig'i qaytariladi; • Qaytarimlar kampaniya yopilgandan so'ng 14 ish kuni ichida brendning bank hisob raqamiga hech qanday qaytarim haqi olinmagan holda amalga oshiriladi; • Qaytarimlar administrator tekshiruvi va tasdig'idan so'ng amalga oshiriladi.

8.5 To'lov kechikishlari

OQIM banklar, to'lov protsessorlari, texnik uzilishlar yoki foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan noto'g'ri to'lov ma'lumotlari sabab yuzaga kelgan kechikishlar uchun javobgar emas.

8.6 Valyuta

Barcha summa va to'lovlar O'zbekiston so'mi (UZS) da amalga oshiriladi.

9. Soliq majburiyatlari

Kreatorlar o'z daromadlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi asosida mustaqil ravishda soliq to'lash va hisobot berish majburiyatlarini o'z zimmalariga oladilar. OQIM kreator to'lovlaridan soliq tutib qolmaydi va soliq maslahatchi hisoblanmaydi. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi (soliq organlari, moliyaviy monitoring va boshqa vakolatli organlar) talabi bo'yicha OQIM to'lov ma'lumotlarini tegishli davlat organlariga taqdim etishga majbur bo'lishi mumkin.

10. Taqiqlangan faoliyatlar

Quyidagi harakatlar qat'iyan taqiqlanadi va hisobni bloklash va to'liq javobgarlikka tortish bilan olib borilishi mumkin:

• Ko'rishlar, like va sharhlarni sun'iy oshirish, botlar yoki uchinchi tomon vositalarini ishlatish; • Soxta yoki aldamchi kontent, noto'g'ri reklama yoki yolg'on da'volar; • Boshqa shaxsning intellektual mulki, mualliflik huquqi yoki savdo belgisini ruxsatsiz ishlatish; • Zo'ravonlikka oid, kamsituvchi, pornografik, noqonuniy yoki zararli kontent; • Platformani buzish, qayta yaratish (reverse engineering) yoki ruxsatsiz kirish; • Spam, fishing yoki zararli dasturlarni tarqatish; • Bir foydalanuvchi tomonidan bir nechta akkaunt orqali foydalanish.

11. Kontent ko'rib chiqish va hisob bo'yicha choralar

OQIM quyidagi huquqlarga ega:

• Har qanday kontentni avvaldan xabardor qilmasdan olib tashlash; • Kampaniyani rad etish, to'xtatib qo'yish yoki bekor qilish; • Akkountni vaqtincha yoki doimiy ravishda bloklash; • Kampaniya davomida kreatorni ishtirokdan chiqarish (dismissed) — bunday holda OQIM qoidabuzarlik bilan bog'liq to'lovlarni kamaytirishi, ushlab turishi yoki bekor qilishi mumkin.

Akkountni bloklash yoki ishtirokdan chiqarish bo'yicha shikoyat 14 kalendar kun ichida hello@oqim.app ga yuborilishi mumkin. OQIM ko'rib chiqib 7 ish kuni ichida javob beradi.

12. Kafolat bermaslik (Disclaimer of Warranties)

OQIM platformasi "xuddi shunday" (as is) va "mavjud bo'lganda" (as available) asosda taqdim etiladi. OQIM quyidagilarni kafolatlamaydi:

• Platformaning uzluksiz, o'z vaqtida va xatosiz ishlashi; • Kreatorning ma'lum ko'rish soni yoki daromad olishi; • Brendning belgilangan kampaniya natijalari va ROI ga erishishi; • Ma'lum kreatorlarning ishtiroki, kampaniya qabul qilinishi yoki kreatorlar mavjudligi; • Instagram API, Meta platformasi yoki uchinchi tomon xizmatlarining uzluksiz mavjudligi.

Platformadan foydalanish o'z xavf-xatari asosida amalga oshiriladi. Qonun tomonidan ruxsat etilgan maksimal darajada barcha kafolatlar (to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita) istisno etiladi.

13. Javobgarlikni cheklash

13.1 OQIM kreator va brend o'rtasidagi nizolar, to'lanmagan to'lovlar, kontent mojarolar yoki Instagram/Meta platformasi muammolari uchun javobgar emas.

13.2 OQIM quyidagilar uchun javobgar emas: bilvosita zarar, foyda yo'qotish, tasodifiy, oqibatli, jazo yoki maxsus zararlar — bunday zararlarga ehtimollik haqida oldindan ogohlantirilgan bo'lsa ham.

13.3 OQIMning har qanday da'vo bo'yicha maksimal javobgarligi da'vo sanasidan oldingi 3 (uch) oy ichida da'vogar tomonidan to'langan yoki unga o'tkazilgan umumiy summadan oshib ketmaydi.

13.4 Force Majeure: OQIM quyidagi holatlar tufayli kelib chiqqan majburiyatlarini bajara olmaslik uchun javobgar emas:

• Tabiiy ofatlar, zilzilalar, toshqinlar yoki boshqa tabiat hodisalari; • Epidemiyalar va pandemiyalar; • Hukumat qarorlari, qonunchilik o'zgarishlari yoki tartibga solish cheklovlari; • Urush, fuqaro tartibsizliklari yoki terrorizm harakatlari; • Internet uzilishlari yoki keng ko'lamdagi tarmoq muammolari; • Kiberhujumlar, ransomware yoki kiberxavfsizlik hodisalari; • Ijtimoiy media platformalari (jumladan Instagram va Meta) uzilishi, texnik nosozliklari yoki siyosat o'zgarishlari; • API o'chirish yoki funksionalligini cheklash; • Bulut xizmatlari yoki hosting infratuzilmasi uzilishlari; • Oqilona nazorat ostida bo'lmagan boshqa holatlar.

14. Tovon to'lash majburiyati (Indemnification)

Siz (kreator yoki brend sifatida) OQIM, uning direktorlari, xodimlari, hamkorlari va ularga tegishli tashkilotlarni quyidagilar uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan da'vo, talaf, zarar, jarima va sud xarajatlaridan himoya qilish va tovon to'lash majburiyatini olasiz:

• Sizning ushbu Shartlarni buzishingiz; • Platformadan qonunga xilof tarzda foydalanishingiz; • Sizning kontentingiz tufayli uchinchi shaxslar huquqlarining buzilishi; • Sizning harakatlaringiz natijasida uchinchi tomonlarga etkazilgan zarar.

15. Nizolarni hal etish tartibi

15.1 Ichki ko'rib chiqish

Har qanday nizo avval hello@oqim.app orqali OQIMning ichki nizo ko'rib chiqish jarayoniga taqdim etilishi kerak. OQIM 14 ish kuni ichida yozma javob beradi.

15.2 Sud

Ichki jarayon orqali hal etilmagan nizolar O'zbekiston Respublikasining vakolatli sudlarida ko'rib chiqiladi.

15.3 Muddatlar

Har qanday da'vo yuzaga kelgan kundan boshlab 1 (bir) yil ichida taqdim etilishi shart.

15.4 Kreator–brend nizolari

Kreator va brend o'rtasidagi nizolar (kontentni tasdiqlash, brief talqini, ko'rish tekshiruvi, to'lov hisob-kitobi) avval OQIMning ichki moderatsiya jamoasi tomonidan ko'rib chiqiladi. Kampaniya bilan bog'liq operatsion masalalar (kontent tasdig'i, ko'rishlarni tekshirish, to'lov hisob-kitobi) bo'yicha OQIMning qarori platforma operatsiyalari maqsadida yakuniy hisoblanadi. Tomonlar o'zlarining mustaqil huquqiy huquqlarini saqlab qoladilar.

15.5 Xabardor qilish tartibi

OQIM platformasi orqali yetkazilgan xabarnomalar (platforma ichidagi bildirishnomalar, ro'yxatdan o'tgan elektron pochta manziliga yuborilgan xat yoki ro'yxatdan o'tgan telefon raqamiga yuborilgan SMS) ushbu Shartlar bo'yicha qonuniy xabardor qilish hisoblanadi.

16. Shartlarning o'zgartirilishi

OQIM ushbu Shartlarni istalgan vaqtda o'zgartirish huquqiga ega. Muhim o'zgarishlar haqida foydalanuvchilar platformadagi xabarnoma va/yoki ro'yxatdan o'tishda ko'rsatilgan elektron pochta orqali kamida 7 kun oldin xabardor qilinadi. Shoshilinch o'zgarishlar (qonun talablari, xavfsizlik muammolari) tezroq kuchga kirishi mumkin. Platformadan foydalanishni davom ettirishingiz yangilangan Shartlarni to'liq qabul qilganingizni bildiradi.

17. Hisobni to'xtatish va yopish

Foydalanuvchi istalgan vaqtda akkountini yopish uchun hello@oqim.app ga murojaat qilishi mumkin. OQIM ushbu Shartlarni buzgan, platforma xavfsizligiga tahdid solgan yoki qonunbuzarlik aniqlangan hollarda akkountni xabardor qilmasdan yopishi mumkin.

Ixtiyoriy ravishda hisob yopilganda, 500 000 UZS minimal chegaradan yuqori bo'lgan kreator daromadlari keyingi oylik to'lov siklida to'lanadi. Chegaradan past qoldiqlar muhokama qilinishi mumkin. Ushbu Shartlarni buzganlik sababli yo'qotilgan daromadlar 11-bandga muvofiq tartibga solinadi.

Hisob yopilgandan so'ng to'liq amalga oshirilmagan to'lovlar bo'yicha amal qiladigan qoidalar saqlanib qoladi. Maxfiylik Siyosatida ko'rsatilgan ma'lumotlarni saqlash muddatlari hisob yopilgandan keyin ham kuchda bo'ladi.

12 oy va undan ortiq muddatga faolsiz bo'lgan hisoblar arxivlanishi yoki o'chirilishi mumkin. Bunday hisoblarda foydalanilmagan mablag' mavjud bo'lsa, arxivlashdan oldin kreator xabardor qilinadi va mablag' minimal to'lov chegarasidan past bo'lsa ham kreatorga to'lanadi.

18. Maxfiylik siyosati

Shaxsiy ma'lumotlaringizni to'plash, ishlatish va himoya qilish tartibi Maxfiylik Siyosatimizda batafsil ko'rsatilgan. Maxfiylik Siyosati ushbu Shartlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Platformadan foydalanib, siz Maxfiylik Siyosatimizga ham rozilik bildirasiz.

19. Qo'llaniladigan qonunchilik

Ushbu Shartlar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi va talqin etiladi. Qonun normalarining ziddiyati qoidalari qo'llanilmaydi.

20. Bog'lanish

Ushbu Shartlar bo'yicha savollar, shikoyatlar yoki so'rovlar uchun bizga murojaat qiling:

"OQIM GROUP" Mas'uliyati Cheklangan Jamiyati INN: 312944962 Elektron pochta: hello@oqim.app

Maxfiylik siyosatimizni ham o'qing: Maxfiylik Siyosati